Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nissan Twitter'da adashib 13 yil sudlashgan kompaniyasining havolasini joyladi
Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Nissan kompaniyasining Britaniyadagi bo‘limi 5 sentabr kuni o‘z Twitter'ida yangi elektrokar taqdimotiga doir tvit qoldirib, unga adashib nissan.com/nissan sayti havolasini joyladi (maqola chiqquniga qadar bu havola o‘chirilgan).
Biroq gap shundaki, ushbu havola kompaniya saytiga emas, kesilgan logotipli Nissan sahifasiga havola bergan.
Mazkur sayt 1994 yildan beri Nissan domeni tufayli kompaniya bilan sudlashgan amerikalik Uzi Nissanuga tegishli. Nissan o‘z saytida avto ishlab chiqaruvchi va o‘zining «Nissan Computer» kompaniyasi o‘rtasidagi sud mojarolari haqida ma'lumot bergan.
Uzi Nissan «Nissan Computer» kompaniyasiga 1991 yilda asos solgan. 1994 yilda u nissan.com domenini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bir yildan keyin yapon kompaniyasi o‘z saytini ochishga qaror qilgan va domen band ekanini aniqlagan. 1999 yilda avto ishlab chiqaruvchi Nissandan 10 million dollar undirish so‘ralgan da'vo arizasini yozgan. Nissan Nissanni kiberskvottingda ayblagan - amerikalik o‘z saytida reklama bannerlarini joylashtirib, bundan daromad olgan.
Sud mojarosi 2007 yilda Uzi Nissan foydasiga hal bo‘ldi. U o‘z saytining avtomobillarga hech qanday aloqasi yo‘qligini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan. Sud domenni unga qoldirdi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
10:49 / 29.01.2025
Rossiya 2024 yilda rekord miqdordagi saytlarni blokladi
20:28 / 23.12.2024