Jamiyat | 10:34 / 06.09.2017
13519
1 daqiqa o‘qiladi

Ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘chada tashlab ketdi

Yuqorichirchiq tumanida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘chada qoldirib ketgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.

“Erkak jinsiga mansub chaqaloq tumanning “Navoiy” mahallasi Ostona ko‘chasida qoldirilgan sumka ichida topilgan”, - deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu qilmishni sodir etgan 44 yoshli ayol kishining shaxsi aniqlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur tumanda yashovchi M.S. farzandini o‘z uyida dunyoga keltirib, ikki kundan so‘ng uni ko‘chadagi yashash uylari yonida qoldirib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid