Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shokoladsevarlar uchun xushxabar: 80 yilda birinchi marta shokoladning yangi turi kashf qilindi
Shveytsariyalik shokoladchilar o‘z mahsulotlari bilan dunyoga dong taratgan. Ular bu borada yana bir kashfiyotga qo‘l urib tarixda qoladigan bo‘lishdi. Ular so‘nggi 80 yilda birinchi marta yangi shokolad turini kashf qilishganini ta'kidlashmoqda. Bu haqda The Independent gazetasi hikoya qilgan. Yirik shokolad ishlab chiqaruvchi Barry Callebaut kompaniyasi qizil kakao-bobdan yangi turdagi mahsulot ishlab chiqilgani haqida ma'lum qildi.
"Yoqut" deb nomlangan yangi shokoladning mazasi ham o‘ziga xosdir. Firma vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mahsulot tetiklashtiruvchi ta'mga va kremli tarkibga ega.
Biroq, hozircha, kompaniya bayonoti shunchaki reklama maqsadini tashuvchi e'lonmi yoki shokolad dunyosini tom ma'noda tarixiy voqelik kutib turmoqdami, degan savol ochiq qolayapti. Ammo, Barry Callebaut kompaniyasi jahonning eng yirik shokolad ishlab chiqaruvchilaridan biri ekani bayonot rostligiga umid uyg‘otadi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025