«To‘sib ushlash» rejasi: Toshkentda militsiyani o‘t ochishga majbur qilgan shaxs qidirilmoqda
2017 yil 4 sentabr kuni taxminan soat 13:30 larda Uchtepa tumani hududida «Spark» olib qochib, keyingi kuni IIB xodimlarini o‘t ochishga majbur qilgan gumondor qidirilmoqda.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Ulug‘bek Tursunovning Toshkent shahar IIBB PPX, YHXB, QB, Metropoliten qo‘riqlash bo‘limi, XPB, JQB, TQB, barcha tuman IIB va 70 ta ShIIB boshliqlariga yo‘llagan o‘ta muhim xabarnomasida gumondorning shaxsi haqida ma'lumot bilan birga surati ilova qilingan.
Unga ko‘ra, shaharda shov-shuvga aylangan hodisa bosh sababchisi — 1983 yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi Sanjarbek Iskandarov bo‘lib chiqqan. U 5 sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hududida IIB xodimlariga bo‘ysunmasdan, yo‘lidagi avtomobillarga zarar yetkazgan holda qochib ketgandi. Militsiya xodimlari uni to‘xtatish uchun bir necha marta o‘q uzishgan.
Barchadan fotosuratdagi o‘xshash shaxslar aniqlangan taqdirda zudlik bilan ichki ishlar idoralariga olib borib, bu haqda navbatchilik qismiga xabar berishi so‘raladi. Shuningdek, 102, 233 49-46, 233 71-47, 232 05-62 telefon raqamlari orqali axborot berishi mumkin.
Mavzuga oid
13:38 / 19.10.2024
Toshkent viloyatida qo‘ylarni urib yuborgan “Spark” yonib ketdi
11:50 / 20.09.2024
Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
10:28 / 20.09.2024
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
12:40 / 19.09.2024