Sport | 11:50 / 07.09.2017
12094
1 daqiqa o‘qiladi

14 yil ichida birinchi marta erkaklar va ayollar reytingida bir davlat vakillari yetakchiga aylanadi

Foto: abc.es

Ispaniya vakillari Rafael Nadal va Garbinya Mugurusa ayollar hamda erkaklar o‘rtasidagi tennis reytinglarida yetakchiga aylanadi, deb xabar berildi professional tennischilar Assotsiatsiyasining tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Nadal ATP reytingidagi birinchi o‘rinni o‘z qo‘lida saqlab qoladi. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan AQSh Ochiq chempionatida jahonning birinchi raketkasi Argentina vakili Xuan Martin Del Potro bilan yarim finalda to‘qnash keladi.

Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida esa Ispaniya vakilasi Mugurusa yetakchiga aylanadi. Sportchi US Open’da o‘z ishtirokini to‘rtinchi bosqichda yakunladi.

2003 yildan beri ilk bor ATP va WTA reytinglarini bir davlatdan bo‘lgan tennischilar boshqaradi. 14 yil avval amerikaliklar Andre Agassi va Serena Uilyams yetakchiga aylangandi.

Avvalroq US Open’da sensatsiya yuz bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid