Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada noma'lum uchar jism ko‘rinishidagi uy sotuvga qo‘yildi
Yangi Zelandiyada shakli bo‘yicha o‘zgasayyoraliklar kemasini eslatuvchi antiqa uy sotuvga qo‘yildi. Oq rangdagi uy tuxumsimon shaklda bo‘lib, butun perimetri bo‘yicha oval shakldagi oynalarga ega.
Bino 1960-1970-yillarda taniqli finlyandiyalik arxitektor Matti Suuronen tomondan yaratilgan Futuro seriyasiga tegishli. O‘sha vaqtda shunday uylardan 100 ga yaqin qurilgan.
Uyning amaldagi egasi Xuanita Kliruoter uyga juda kam kelishi sabab unga egalik qilishni xudbinlik deb hisoblashini aytgan. Ayol Janubiy oroldagi Uorrington qishlog‘ida joylashgan bu uyni “Uzuklar hukmdori” filmlari prodyuseri Grant Meyjordan sotib olgan. Uy egasi uni kelajak arxitekturasini tushunadigan va butun umr shunday uyni orzu qilgan kishiga 300 ming dollarga sotmoqchi.
Ta'kidlanishicha, bino plastikdan qurilgan. Uyning ichida bitta yotoqxona va bitta vannaxona bor, xolos.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024