Fan-texnika | 00:07 / 07.09.2017
6539
1 daqiqa o‘qiladi

Apple Jyeyms Bond uchun huquqlarni sotib olmoqchi

Foto:iphones.ru

AQShning Apple kompaniyasi o‘zini kinosanoatda sinab ko‘rmoqchi. Kompaniya rahbarlari Carpool Karaoke shousi muvaffaqiyat qozongandan keyin o‘z e'tiborlarini “Bondiana”ga qaratganlar.

Hollywood Reporter ma'lumotlariga ko‘ra, Metro-Goldwyn-Mayer 2 yildan beri Bond uchun huquqlarni sotishga urinmoqda. Franshiza uchun Warner Bros., Sony, Universal va Fox kabi kinostudiyalar kurashmoqda. Endi bu kurashga Apple va Amazon ham qo‘shildi.

Huquqlarni sotish bo‘yicha bitim qiymati 2-5 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin.

Apple “Bondiana” uchun huquqni qo‘lga kiritib, kinobozorga shiddat bilan kirib borishi mumkin.

Mavzuga oid