Emine Erdo‘g‘an myanmalik qochqinlar holidan xabar oladi

Foto: Anadolu
Turkiya prezidentining turmush o‘rtog‘i Emine Erdo‘g‘an va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya Bangladeshga yetib keldi. Bu haqida "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Safarda Emine Erdo‘g‘anga o‘g‘li Bilol, Turkiya oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fatma Betyul, Adolat va taraqqiyot partiyasi bosh kotib yordamchisi Sayan Kaya va Istanbul parlamenti deputati Ravza Kavakchi Kan hamrohlik qilishmoqda.
Delegatsiya tarkibiga, shuningdek, Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA) rahbari Serdar Cham, Turkiya hukumatidagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uni bartaraf qilish boshqarmasi (AFAD) boshlig‘i Mehmet Gulluo‘g‘li, Turkiya Qizil Yarim Oy jamg‘armasi rahbari Ibrohim Altan, TÜRGEV fondi raisi Orzu Oqalin va "Ayollar va demokratiya" assotsiatsiyasi bosh kotibi Sara Oydin ham kiritildi.
Manbaga ko‘ra, Emine Erdo‘g‘an va unga hamrohlik qiluvchi delegatsiya "Kutu palon" qochqinlar lageriga tashrif buyuradi, joylardagi vaziyatlar bilan tanishadi va rohingya musulmonlariga insonparvarlik yordami ko‘rsatadi.
25 avgust kuni Myanma shimolidagi Arakan provinsiyasi musulmonlariga hujumlar shiddatli tus olgan. Mintaqadagi gumanitar vaziyat keskin yomonlashgan. Arakan provinsiyasining Bangladeshga qochgan aholisining soni 120 mingdan oshdi.
Yevropa rohingya musulmonlari kengashi (ERC) matbuot kotibi Anita Shugning ma'lum qilishicha, Arakanda uch kun ichida harbiylar va buddist-millatchilarning shafqatsiz hujumi natijasida 3 mingga yaqin musulmon halok bo‘lgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Myanmadagi musulmonlarning ommaviy qirg‘in qilinishi mavzusini BMT Bosh assambleyasi darajasida ko‘tarishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi

23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi

16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona

11:28 / 03.02.2025