Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faxriy «Oskar»ning yangi sovrindorlari nomlari e'lon qilindi
Amerika kino san'ati akademiyasi faxriy «Oskar» mukofotining yangi sovrindorlari nomini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Xususan, bu o‘nlab filmlar orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan kanadalik aktyor Donald Sazerlend. Uning nomzodi «Oskar»ga hech qachon qo‘yilmagan.
Boshqa laureatlarga belgiyalik rejissyor Anes Varda, amerikalik rejissyor Charlz Bernett va amerikalik tasvirchi, «Oskar»ga besh marta nomzodi qo‘yilgan Ouen Royzman aylandi.
Mukofotlarni topshirish marosimi 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq «Oskar» kinoakademiyasiga yangi prezident saylangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 03.03.2025
Falastin kurashi haqidagi «Boshqa yer yo‘q» hujjatli filmi «Oskar»ga munosib ko‘rildi
11:02 / 03.03.2025
«Anora» - «Oskar»ning bu yildagi asosiy filmi bo‘ldi. Uning rejissyori Shon Beyker to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi
11:13 / 12.03.2024
«Bu film bo‘lmasligini istardim» - Mariupol haqidagi hujjatli film «Oskar» oldi
08:38 / 11.03.2024