Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA qarori. JCh-2018 saralashi o‘yini hakam xatosi tufayli qayta o‘ynaladi
FIFA amaldorlari 6 sentabr, chorshanba kuni JCh-2018 saralashi Afrika mintaqasida Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘yicha tarixiy qaror qabul qildi. 2016 yilning 12 noyabrida o‘tkazilgan va JARning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bu o‘yin natijasi bekor qilindi va o‘yin qayta o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Bunga o‘yinni boshqargan ganalik hakam Jozef Lemptining xatosi sabab bo‘ldi. U birinchi bo‘lim oxirida mehmon jamoa (Senegal) himoyachisi qo‘li bilan o‘ynagan, deb hisobladi va penalti belgiladi. Lekin bu vaziyat videosidan ko‘rish mumkinki, to‘p qo‘lga tegmagandi.
Mart oyida Lemptining qarori «o‘yin natijasiga ta'sir ko‘rsatuvchi harakat» sifatida baholangandi, arbitr umrining oxiriga qadar diskvalifitsiya qilingandi.
Lempti 42 yoshda bo‘lib, u Afrikadagi yuqori saviyadagi hakamlardan hisoblanardi, 2015 yilgi Afrika Kubogida va 2016 yilgi Rio Olimpiadasida ishtirok etgandi.

Janubiy Afrika – Senegal uchrashuvi 2017 yil noyabrida qayta o‘tkaziladi. D guruhida ayni vaqtda Senegal 3-o‘rinda, bu jamoa Kabo-Verde va Burkina-Fasodan 1 ochko kam jamg‘argan. JAR oxirgi o‘rinda, endi bu terma jamoada 4 emas, 1 ochko qolishi mumkin. Jahon chempionatiga guruhdan faqat bir terma jamoa yo‘l oladi.

Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024