Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik yigit 9 yillik selfilar asosida to‘y videosini ishladi
Monrealda yashovchi Ugo Kornele o‘z to‘yiga to‘qqiz yil davomida har kuni olingan selfilardan ajoyib videorolik ishladi. Videoyozuv YouTube'da ikki kun ichida 600 mingdan ortiq marta ko‘rildi.
Ugo 2008 yilning fevralidan, ya'ni 12 yoshidan boshlab har kuni o‘zini suratga ola boshlagan. Kornele videorolikdagi so‘nggi suratini joriy yilning avgustida bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yida olgan. Bu yigitning jilmayib tushgan birinchi kadri. 9 yil davomida olingan suratlarda esa Ugo bir xil jiddiy nigohda aks etgan.
Videorolikka jami 2,5 ming surat joylangan. Ular asosida montaj qilingan video ikki yarim daqiqa davom etadi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025