Quyoshning chaqnashi oqibatida otilgan plazma Yerga qarab yo‘nalgani ma'lum qilindi
AQShning NASA koinot agentligining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, Quyoshda 6 sentabr kuni kuzatilgan kuchli chaqnash to‘g‘ri Yerga yo‘nalgan kuchli koronal plazmani yuzaga keltirgan. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasining fizika instituti bosh ilmiy xodimi Sergey Bogachev ma'lum qildi.
6 sentabrda Toshkent vaqti bilan taxminan soat 17.00da Quyoshda oxirgi 12 yil ichidagi eng kuchli, X9.3 sinfidagi chaqnash yuz berdi. Olimlar dastlab taxmin qilganidek, bu hodisa bilan bog‘liq koronal otilish Yerga yo‘nalgan bo‘lishi kerak edi. Biroq olimlarda bu borada aniq ma'lumotlar yo‘q edi.
Bogachevning aytishicha, AQShning SOHO sun'iy yo‘ldoshidan olingan oxirgi suratlar Quyosh moddasining otilishi Yerga yo‘nalgan bo‘lganini ko‘rsatdi. Astronomlarning prognozlariga ko‘ra, bu modda Yerga 8 sentabr kechki vaqt yetib keladi va bu vaqtda quyosh plazmasi buluti 100 mln kilometrga yaqin o‘lchamga ega bo‘ladi.
Buning oqibatida Yer qizigan gazdan iborat ulkan bulut bilan taxminan 2 sutkaga qoplanadi. Bu esa sun'iy yo‘ldoshlar va radioaloqa tizimlariga jiddiy ta'sir qilishi mumkin.
Olimlarning ta'kidlashlaricha, bu zarbaning oqibatlari qanday bo‘lishini aniq aytish qiyin, chunki bu bulutning muhim xususiyati – uning magnit maydoni qayerga yo‘nalgani bo‘yicha ma'lumot olinmagan. Agar u Yerning magnit maydoni tomonga qaragan bo‘lsa, unda bulutning Yer atrofidan o‘tishi asoratlari minimal darajada bo‘ladi.
Aks holda quyosh plazmasi Yer magnit qalqonini “yorib o‘tib”, uning zarralari atmosferaning yuqori qatlamlariga o‘ta boshlaydi. Bunday holda qutb yog‘dusi nafaqat Yerning qutbga yaqin hududlarida, balki uning butun hududi bo‘ylab kuzatiladi. Qo‘shimchasiga, Yerda 17 yildan beri kuzatilmagan kuchli magnit bo‘roni vujudga keladi.
Mavzuga oid
00:32 / 25.10.2024
Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirishi mumkin
11:26 / 01.10.2024
Olimlar Quyosh qachon “o‘lishini” ma’lum qildi: Yerga nima bo‘ladi?
23:55 / 12.09.2024
Yerda 7 ballik geomagnit bo‘roni kuzatilmoqda
21:01 / 09.09.2024