Erdo‘g‘an Nazarboyev bilan Myanma muammosi va “feto”chilarga qarshi kurash masalasini muhokama qiladi

Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 8 sentabr kuni 3 kunlik rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keladi. 9-10 sentabr kunlari Ostonada Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Sabah nashrining yozishicha, Turkiya yetakchisi ushbu safari davomida sammit ishida ham qatnashadi va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv ham o‘tkazadi.
Davlat rahbarlari 2 sentabr kuni telefon orqali muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi ahvoli va istiqbollarini muhokama qilgan hamda turk-qozoq munosabatlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy muloqotni davom ettirishga kelishib olgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an Nazarboyev bilan "Fatxullohchilar terrorchilik tashkiloti"ga qarshi kurash masalasini muhokama qiladi. Erdo‘g‘an o‘tgan yili avgust oyida FeTO bilan aloqador va Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan 33 ta maktab ro‘yxatini bergan edi.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari muzokaralarida Myanmadagi inqiroz asosiy mavzulardan biri bo‘lishi aytilmoqda. Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yaxshilash yo‘llariniham ko‘rib chiqishadi.
Turkiya TIV ma'lumotlariga ko‘ra, respublika Qozog‘iston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan mamlakatlar orasida 17-o‘rinda. Biroq, 2015 yildan buyon o‘zaro mahsulot ayirboshlash 2 mlrd dollardan oshmayapti. 2012 yili Anqara va Ostona "Yangi sinegriya" dasturini qabul qilgan, unda yillik mahsulot aylanmasini 10 mlrd dollarga yetkazish nazarda tutilgan edi.
Erdo‘g‘an va Nazarboyev, shuningdek, 14-15 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Suriya bo‘yicha muzokaralar oldidan Suriya muammosini ham muhokama qilishlari mumkin.
Mavzuga oid

16:03 / 30.01.2025
Ostona va Toshkent o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 mlrd dollardan oshdi

16:46 / 03.01.2025
Qozog‘istonda yuzlab avtomobillar ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

20:39 / 28.12.2024
Toshkentdan Ostonaga uchgan reys ortga qaytarildi

18:58 / 17.08.2024