Jamiyat | 21:30 / 08.09.2017
53583
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Samarqandda tungi klublarda reyd o‘tkazildi

Foto: Facebook / G‘ofurjon Bobobekov

Samarqand shahar hokimligi va bir qator huquqni muxofaza qiluvchi organlari vakillari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamda STV telekanali ishtirokida yoshlarning kechki paytda asosiy vaqtini nimalarga sarflayotganini aniqlash maqsadida navbatdagi tungi reyd o‘tkazildi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga samarqandlik jurnalistlar.

Tungi reyd natijasiga ko‘ra, ayrim yoshlar kechki vaqtini asosan kafe barlarda chilim chekish bilan o‘tkazishayotani aniqlangan. Jumladan, yarim oqshom bo‘lishiga qaramay «Disco» klubida voyaga yetmagan qizlar chilim va spirtli ichimliklar ichib o‘tirgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu klub sanitariya talablariga amal qilmagan holda faoliyat yuritayotgani ma'lum bo‘ldi. Klubning umumiy zali esa «milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan rasmlar» bilan «bezatilgan».

Facebook / G‘ofurjon Bobobekov 

Samarqand shahridagi «Jyeyran» tungi klubida esa klub rahbariyati raqqosa qizlarni turli behayo mazmundagi qo‘shiqlarga yarim-yalang‘och holda raqs tushishiga yo‘l qo‘ygan.

Facebook / G‘ofurjon Bobobekov 

O‘zbekiston Respublikasining «Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 188.2-moddasida restoranlar, kafelar, barlar, klublar, diskotekalar, kinoteatrlar, kompyuter zallari mas'ul shaxslari tomonidan voyaga yetmagan shaxsning tungi vaqtda ota-onasidan biri yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning kuzatuvisiz ko‘rsatilgan muassasalarda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish — eng kam ish haqining 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Voyaga yetmagan yoshlar tungi vaqtda nafaqat bunday klublarda bo‘lishi, balki bu muassaslarda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgani ham aniqlangan. Ana shunday holatlar aniqlangan bir qator tungi klub rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bugungi kunda Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘ttizdan ortiq tungi klub, diskoteka va barlarga qo‘yilgan nomlarning o‘ziyoq kishida salbiy taassurot qoldiradi. Bu nomlar na «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun talablariga, na milliy ma'naviyatga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, «Kamelot» — o‘rta asrlarda Buyuk Britaniyadagi shahar nomidan, «Rafaello» — italiyalik shirinpaz ismidan, «Kavalli» — italiyalik dizayner ismidan, «Pattaya» — Tailanddagi shahar nomidan kelib chiqqan bo‘lsa, «Jungli» — changalzor, «Smouk» — chekish, «Redlayn» — qonli yo‘l degan ma'no anglatishini ushbu muassasalar egalari va ularning faoliyatiga ruxsat berganlar biladimi?

Xalqimiz, samarqandliklar uchun bu nomlarning qaysi biri qanday ahamiyatga ega? Nomidanoq qanday g‘oyaga xizmat qilishi ko‘rinib turgan tungi klublar yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, deb kim ayta oladi?!

«Kavalli» tungi klubida soat 24:00da tashrif buyurganimizda mijozlar bilan gavjum edi. Demak, klub rahbariyati viloyat hokimining to‘yxonalar va tungi klublar kafe barlarning kechki soat 23:00ga qadar ishlashi zarurligi borasidagi qarordan bexabar.

«Kavalli» tungi klubidagi ayollar o‘zini tutishi esa barchani birdek hayratga soldi.

Facebook / G‘ofurjon Bobobekov 

O‘tkazilgan reyd davomida tungi klublarda belgilangan vaqtdan so‘ng turli xil spirtli ichimlik iste'mol qilayotgan tamaki mahsulotini chekib behayolik targ‘ib etuvchi raqslarga tushayotgan fuqarolarga nisbatdan tegishli tartibda choralar ko‘rildi.

 

Shahboz NAZAROV, Farhod NORBO‘TAYeV,

jurnalistlar

Mavzuga oid