O‘zbekiston | 09:57 / 08.09.2017
6475
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Siyosiy byuro a'zosi boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda

2017 yilning 9-10 sentabr kunlari Xitoy Kommunistik partiyasining Siyosiy byurosi a'zosi, XKPning Markaziy qo‘mitasi Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi, Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining hamraisi Men Szyanchju boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ladi.

Xitoy vazirliklari va idoralari, yetakchi kompaniyalari hamda firmalarining vakillari tarkibidagi Xitoy delegatsiyasi Toshkentdagi Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 4 yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumida ishtirok etadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra Buxoro shahrida bo‘lish ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid