Jahon | 09:25 / 08.09.2017
5974
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya ham rohingya musulmonlariga insonparvarlik yordamini yuboradi

Foto: Reuters

Indoneziya hukumati yaqin vaqt ichida Myanmadagi musulmon ozchilikni tashkil qiluvchi rohingya vakillari bo‘lgan qochqinlarga gumanitar yordam yuborish niyatida. Ular o‘z uylarini tark etishga majbur qilingan, deb xabar bermoqda Jakarta Globe.

«Respublika prezidenti Joko Vidodoning topshirig‘ini bajargan holda, yaqin vaqt ichida yordam yetkaziladi. Qochqinlar chodirlar, oziq-ovqat, ichimlik suvi tanqisligidan aziyat chekishmoqda», - deya ma'lum qildi Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Myanmadan 120 ming kishi qochib chiqib ketgan Bangladeshdagi Indoneziya elchisi kerakli yordam hajmi haqida maxsus hisobot taqdim etadi.

Avvalroq Turkiya ham rohingya musulmonlariga insonparvarlik yordami yuborishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid