Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov terma jamoadan ketishga tayyorligini aytdi
O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga tayyor ekanini bildirdi.
«Xitoyga qarshi uchrashuvdan keyin bergan intervyuim alam ustida aytilgandi. Lekin o‘sha gaplardan umuman afsuslanganim yo‘q.
Men ham o‘zbek futbolini rivojlanishini istayman. Aytgan gaplarimni o‘zbek futboli rivoji uchun aytganman. Terma jamoa rivoji uchun hamma narsaga tayyorman. Jamoada o‘zgarishlar bo‘lishini, yosh futbolchilar jalb qilinib, yangi qon quyilishini istayman. Agar o‘sha yosh futbolchilar mendan kuchliroq bo‘lsa, terma jamoaga ko‘proq foyda bersa, men terma jamoadan ham ketishga tayyorman.
Keyingi saralash bosqichiga qadar yoshim 34-35da bo‘ladi. Bunday vaziyatda yoshroq futbolchilarning jismoniy holati menikidan yaxshiroq bo‘lishi mumkin.
Lekin men terma jamoadan bugun ketaman demoqchi emasman. 12 sentabr kuni O‘FFga yangi prezident tayinlanadi. Shundan keyin yangi terma jamoa kelajagi borasida gaplashib olinadi. Agar o‘shanda meni terma jamoaga kerak emasligimni aytishsa, shu narsa terma jamoani kuchayishiga xizmat qiladi deb hisoblashsa ketishga tayyorman. Kerak bo‘lsam, oxirigacha terma jamoa uchun o‘ynab beraman», degan Ahmedov GOL ko‘rsatuviga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma
17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi
18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi
17:58 / 20.12.2024