Sport | 11:28 / 09.09.2017
24779
2 daqiqa o‘qiladi

“Asian Fight-2017” xalqaro turnirida ringga ko‘tariladigan juftliklar ma'lum bo‘ldi

Toshkentning “Bunyodkor” stadionida respublikada birinchi marotaba O‘zbekiston Penchak-silat federatsiyasi va hoimiy tashkilotlar homiyligida mikst-silat bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. bo‘lib o‘tadi. Janglar tomoshasida O‘zbekistonning 8 nafar eng kuchli yakkakurashchilari Vatan sharafini himoya qilishadi. Ringga 57 kgdan +115 kggacha bo‘lgan kurashchilar chiqishida. 

Kechki soat 18:00da boshlanadigan shouda quyidagi juftliklar ringga ko‘tarilishadi:

57 kg: Isroil Rasulov (O‘zbekiston) – Muhammad Hairi (Singapur)

66 kg: Ayubxon Kamolov (O‘zbekiston) – Vikash Dahiya (Hindiston)

70 kg: Muhammadali Toshturg‘unov (O‘zbekiston) – Bektur Mangiyev (Qirg‘iziston)

77 kg: Ulug‘bek Umarov (O‘zbekiston) – Abdul Sami Fayziy (Afg‘oniston)

86 kg: Mahmud Muradov (O‘zbekiston) – Ziya Mirzayev (Ozarbayjon)

91 kg: Hasanxon Baratov (O‘zbekiston) – Mixail Xoldorkin (Rossiya)

+115 kg: Jasur Mirzamuhammedov (O‘zbekiston) – Vartan Aparian (Kipr)

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning faxriy mehmoni sifatida Hollivud yulduzi – aktyor, kinoprodyuser, ssenariynavis, rejissyor, aykido bo‘yicha 7-dan qorabelbog‘ sohibi amerikalik Stiven Sigal tashrif buyurdi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid