Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Doha Ar-Riyodni muloqotga chaqirdi
Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Taniy Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan telefon muloqoti davomida uni Fors ko‘rfazidagi inqirozga yechim topish uchun muloqotni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda Saudiyaning SPA agentligi xabar bergan.
Al-Taniyning ta'kidlashicha, barcha tomonlar manfaatlari hisobga olingan holda inqirozga yechim topish juda muhimdir.
O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi yakuniy qaror haqida boshqa tomonlar – BAA, Misr va Bahrayn bilan kelishuvga erishilgach, xabardor etishini ta'kidlab o‘tdi.
Telefon muloqoti AQSh prezidenti Donald Trampning tashabbusi bilan o‘tkazilgan, deb xabar qiladi Qatarning QNA agentligi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Qatar bilan muloqotdan bosh tortgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
11:45 / 15.05.2025