Jamiyat | 16:02 / 09.09.2017
5129
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijga ishlash uchun yuborishni va'da qilib, firibgarlik qilgan nafaqaxo‘r ayol fosh etildi

Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, nafaqaho‘r, 1950 yilda tug‘ilgan G.N. firibgarlik yo‘li bilan, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1976 yilda tug‘ilgan M.A.ning ishonchini suiiste'mol qilib, «Koreya davlatiga ishlash uchun yuboraman» – deb aldab, undan 1.000 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovni IIB olib bormokda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid