Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Plastik kartadagi pullarini naqdlashtirib berishni aytib, fuqarolarni chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi
Olmaliq shahrida 2016 yilning dekabr oyidan 2017 yilning fevral oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Namangan viloyatida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan N.O. firibgarlik yo‘li bilan, Olmaliq shahrida yashovchi, tadbirkor, 1977 yilda tug‘ilgan Z.D.ning ishonchini suiiste'mol qilib, «1 oy ichida plastik kartochkangiz ichidagi pullarini naqd pul qilib beraman» – deb aldab, undan ichida 11.000.000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkasini olib, qaytarib bermagan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar qildi.
Shuningdek, 1974 yilda tug‘ilgan L.U.ning 74.000.000 so‘m, 1978 yilda tug‘ilgan Yu.K.ning ichida 4.000.000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkasini yuqoridagi kabi vajlar bilan olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan.
Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025