Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyliklar Rossiya va Qozog‘istonga 40 ming tonna meva-sabzavot yetkazib beradi
6–8 sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tgan II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida Navoiy viloyati korxonalari tomonidan 30 mln. AQSh dollariga teng shartnomalar imzolandi. Bu haqda KUN.UZ manbasi Navoiy viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Razzoqov bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlash joizki, bu galgi yarmarkada dunyoning AQSh, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstriya, Shvetsiya, Shveytsariya, Portugaliya, Ukraina, Belarus, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur kabi davlatlaridan yuzlab yirik kompaniya va eksport-import firmalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan 150dan ortiq kompaniya vakillari o‘zlari yetishtirgan ko‘plab turdagi meva-sabzavot mahsulotlarini namoyish qilindi, hududlarning meva-sabzavotchilik sohasidagi imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Viloyatning «Navoiy agroeksport», «Progress Alfa Lyuks», «Ekslent Biznes», «Tsitrus Servis», «Eksport Navbahor» kabi mas'uliyati cheklangan jamiyatlari Portugaliya, Bolgariya, Malayziya, Rossiya, Belarus va Eron kabi davlatlarning eksport va import sohasiga ixtisoslashgan o‘nlab kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdilar, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, navoiylik dehqon va sohibkorlar Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga 40 tonnadan ziyod sarxil meva va sabzavot hamda qayta ishlangan mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025