Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Myanma musulmonlariga 100 tonnalik insonparvarlik yordamini yo‘lladi
Ozarboyjon myanmalik qochqinlarga insonparvarlik yordamini yo‘lladi. Bu haqida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bayonotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Biz musulmonlarga qarshi amalga oshiriladigan jinoyatlarni, xususan, yaqindagina Myanmada ro‘y bergan hodisalar, ommaviy qirg‘in va zo‘ravonlikni keskin qoralaymiz", - dedi Aliyev Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning fan va texnologiyalarga bag‘ishlangan sammiti davomida so‘zga chiqar ekan.
Ilhom Aliyev xalqaro tashkilotlar, jahon hamjamiyati, shuningdek siyosiy va diniy yetakchilarni Myanmadagi muammoni hal qilish uchun qarorlar qabul qilishga chaqirdi.
"Shuni qayd etmoqchi edimki, 8 sentabr kuni rohingya qochqinlariga Ozarboyjon tomondan 100 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yo‘llandi", - dedi Aliyev.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025