Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janjal: Joze Mourino nega Mark Xyuz bilan so‘rashmadi?
Kecha jamoasining «Stok Siti» (2:2) ga qarshi o‘yini yakunlangach, Joze Mourino raqib bosh murabbiyi Mark Xyuzga qo‘l bermadi.
ESPN buning sababini izlab topdi. Ma'lum bo‘lishicha, Joze Mourino o‘yin paytida shogirdlariga ko‘rsatma berish uchun texnik zonani tark etadi. Bunga javoban, mezbonlar ustozi uni «Bor joyingga» deb itarib yubordi. Mark Xyuz hatto bosh hakamdan Mourinoga qizil kartochka ko‘rsatishni so‘ragan.
Bu voqea o‘sha paytdayoq jurnalistlarning nazariga tushib bo‘lgandi va har ikki murabbiy matbuot anjumanida savolga tutildi.
Mark Xyuz hamkasbiga qilgan muomalasini ochiqchasiga tan olgan bo‘lsa, portugaliyalik murabbiy bu haqida gapirishni istamadi.
«Bu ahmoqona vaziyat, ahmoqona savol. Ahmoqona mavzular haqida gapirishni yoqtirmayman, bu haqida ahmoqlar gapiraversin» - dedi Joze Mourino.
Mavzuga oid
13:38 / 01.06.2023
«Sevilya» yana Yevropa Ligasida g‘olib. Ularni Mourino ham to‘xtata olmadi
20:46 / 28.01.2023
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
15:08 / 12.10.2022
«Qishdayoq barchasini taroziga qo‘yamiz». Eldorning agenti Mourinoning Shomurodovga ikki e’tirozi, Rimda nega qolgani va kelajagi haqida
21:57 / 22.08.2022