Jahon | 17:00 / 11.09.2017
30762
2 daqiqa o‘qiladi

Milliarder "Irma" dovuli uning uylarini nimaga aylantirganini ko‘rsatdi (suratlar)

Foto: Instagram/RichardBranson

Virgin Group korporatsiyasining 67 yoshli asoschisi Richard Brenson Virgin orollaridagi Nekker xususiy orolida joylashgan uyining "Irma" dovuli kelishi natijasida qay ahvolga tushganini namoyish etdi. 

Milliarder bu haqida videorolik olib, uni o‘zining Instagram'iga joyladi. Kadrlarda qanday qilib dovul Brensonning uyidagi hamma narsani to‘zg‘itib tashlaganini ko‘rish mumkin. 

Tabiiy ofat vaqtida ishbilarmon o‘z oilasi bilan orolda bo‘lgan. Dovul kelganda ular podvalga yashirinishgan.

O‘zining uylari vayron bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, milliarder birinchi navbatda tabbiy ofatdan ko‘proq jabrlangan va boshpanasiz qolganlarga yordam berishga qaror qildi. Brenson Virgin korporatsiyasi saytida paydo bo‘lgan maxsus sahifada "Irma"dan zarar ko‘rganlarga mablag‘ yig‘ishni tashkil qildi. 

"Oroldagi binolar va o‘simliklarning katta qismi vayron bo‘lgan yoki kuchli zarar ko‘rgan. Biroq hozir gap Nekker haqida emas - gap Virgin orollarida boshpanasiz va yashash uchun pul vositasisiz qolgan o‘n minglab kishilar haqida bormoqda".
Richard Brenson

Brenson 30 gektarli orolni 34 mehmonga mo‘ljallangan hashamatli kurortga aylantirgandi. Bu yerda bir kun mehmon bo‘lish 1946 dollar etib belgilangan. 

 

A post shared by Richard Branson (@richardbranson) on

Foto: Imgur
Foto: Imgur
Foto: Imgur
Foto: Imgur

Mavzuga oid