Sport | 00:46 / 11.09.2017
5779
2 daqiqa o‘qiladi

RFPL. «Lokomotiv» Denisovsiz peshqadam bo‘lish imkoniyatidan foydalana olmadi

Foto: Twitter/fclokomotiv

Rossiya premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan yana biru uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan Moskvaning «Lokomotiv» klubi «Axmat» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida Rodolfo o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yib, mehmonlarga ko‘maklashib yuborgan bo‘lishiga qaramasdan, Syomin shogirdlari bu ustunlikni saqlab qola olishmadi. 84-daqiqada Ravanelli tomonidan kiritilgan gol o‘yinning durang bilan tugashiga zamin yaratdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov maydonga tushmadi.

Ushbu durangdan keyin «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni 20taga yetdi. Jamoa bu turda ochko yo‘qotgan «Zenit»ni quvib o‘tib, peshqadam bo‘lib olish imkoniyatidan foydalana olishmadi.

RFPL, 9-tur

Axmat – Lokomotiv 1:1 (0:0)
Gollar: Ravanelli (84) – Rodolfo (55, avtogol).
Axmat: Gorodov, Utsiyev, Semenov, Ivanov (Ravanelli, 83), Moxammadi, Ismael, Rodolfo, Shvets, Berisha (Leo Jaba, 61), Mitrishev, Mbeng (Sadayev, 61).
Lokomotiv: Gilerme, Mixalik, Kverkveliya, Peychinovich, Ignatev, Igor Denisov, An. Miranchuk (Barinov, 82), Eder (Tarasov, 63), Miranchuk, Fernandesh, Farfan.
Ogohlantirishlar: Leo Jaba (66), Ismael (90), Semenov (90).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid