Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yurak va qon tomir tizimiga tahdid soluvchi mahsulotlar nomi ma'lum qilindi
Myunxen universitetining kardiologiya kafedrasi tadqiqotchilari yurak va qon tomirlari uchun tahdid solishi mumkin bo‘lgan besh mahsulot nomini ma'lum qilishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu mahsulotlar nomi bilan bo‘lishdi.
Germaniyalik olimlar guruhi yurak uchun halokatli tahdid uyg‘otishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot o‘tkazdi. Mutaxassislarning fikricha, dudlangan va yarim dudlangan kolbasa mahsulotlari, vino, shampan vinosi, pivo ichimliklari yurak va qon tomirlar uchun xavfli hisoblanadi.
Shuningdek ro‘yxatga ikra (qora va qizil) hamda tarkibiga margarin va o‘zgartirilgan yog‘lar kiruvchi mahsulotlarning barchasi kiritilgan.
Bundan tashqari, tadqiqotlar kremli tortlar va pishiriqlar ham yurak uchun zararli mahsulotlar sirasiga kirishini ko‘rsatgan.
Mutaxassislarning fikricha, o‘tgan yillar ichida o‘zgargan ovqatlanish uslubi stresslar bilan bir qatorda organizmning yurak-qon tomir tizimidagi muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
21:26 / 08.04.2025