Jahon | 10:05 / 12.09.2017
5641
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh oliy sudi Trampning immigratsiya farmoniga cheklovni vaqtinchalik bekor qildi

Foto: Global Look Press

AQSh oliy sudi 11 sentabrda Gonolulu shahri (Gavayi shtati) sudining AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoni bajarilishiga taqiqlovining amal qilishini to‘xtatdi. Bu haqda sud bayonotida aytilgan. 

“Sud AQShning Sietl shahridagi 9-okrug appelyatsiya sudi qarori bandining amal qilishini to‘xtatdi. Unga ko‘ra hukumatga AQShning qochqinlarni qabul qilish dasturi ro‘yxatlarida bo‘lgan va ko‘chirib o‘tkazish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralar rasmiy kafolatlariga ega bo‘lgan qochqinlarni qabul qilishni rad etish taqiqlanardi”, deb yozgan sudya Entoni Kennedi.

Sietl appelyatsiya sudi 8 sentabrda Gonolulu shahri sudi kiritgan taqiqlovni o‘z kuchida qoldirgandi.

Gap qochqinlar va Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolariga AQSh vizalari berish mezonlariga tegishli ish haqida ketmoqda. Oliy sudning vaqtinchalik qaroriga ko‘ra, yuqorida eslab o‘tilgan shaxslar AQShda ularning yaqin qarindoshlari borligi yoki ular AQSh bilan ishchi aloqalar qo‘llab-quvvatlashlarini isbotlashlari kerak.    

Mavzuga oid