Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada dunyodagi eng yaxshi muzqaymoq tanlandi
Italiyada muzqaymoqchilarning Gelato World Tour tanloviga yakun yasaldi. Tanlov natijalari 11 sentabrda tanlov tashkiliy qo‘mitasining tvitterdagi sahifasida chop etildi.
Tanlovda 1-o‘rinni xandon pistali muzqaymoq tayyorlagan italiyalik Alessandro Krispini egalladi. U muzqaymoqni tayyorlashda Sitsiliyada yetishtiriluvchi xandon pistaning uch xil navidan foydalangan.
2-o‘rin esa Germaniyada yashovchi Gido va Luka de Rokkoga nasib etdi. Ular hakamlar hay'atiga karamellashtirilgan yong‘oqli uzum sorbeti taqdim qilishdi.
Hammasi bo‘lib tanlovda saralash bosqichlarining g‘oliblari bo‘lgan, 19 ta davlatdan 36 nafar muzqaymoqchi ishtirok etdi. Tanlov finali Rimini shahrida 8-10 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
17:23 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
15:50 / 19.05.2025