Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik velotrekchilar Rossiyadagi xalqaro musobaqada faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlardagi sport turlari va jang san'atlari bo‘yicha V-Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va ishtirok etish uchun joriy yilning 30 avgustdan 12 sentabrga qadar Rossiyaning Omsk shahrida bo‘lib o‘tadigan velosport-trek bo‘yicha o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari hamda 7-10 sentabr kunlari "Omskning katta sovrini" nomli erkaklar va ayollar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari hamda murabbiylar ishtirok etishmoqda. Vatanimiz sharafini sportchilar Sergey Medvedov, Ruslan Fedorov, Yekaterina Knebelova, Olga Jantuganova, Zakirxuja Ixsanov, Shomansur Abdumanapov, Andrey Izmaylov, Semen Sevastyanov, Renata Baymetova, Alla Bezuglova, Nafosat Koziyeva hamda Diana Adelshinova himoya qilishdi.
Ayollar o‘rtasida velosport-trek sprint, keyrin yo‘nalishi bo‘yicha hamyurtimiz Olga Jantuganova faxrli 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Yekaterina Knebelova keyrinda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan ballar hisobida jamoaviy poygada Renata Baymetova 3-o‘rinni egalladi.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan jamoaviy poygada Ruslan Fyodorov kumush medal sohibi bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan jamoaviy poygada Nafosat Koziyeva kuchli o‘ntalik safiga kiritildi. Git yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi poygada Olga Jantuganova 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari sportchilarni Ashxobodda yopiq inshootlardagi sport turlari va jang san'atlari bo‘yicha V-Osiyo o‘yinlarida yaxshi natijalarga erishishida zamin yaratadi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025