Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen elektromobillar uchun 70 mlrd yevro sarflamoqchi
Foto: Getty Images
Volkswagen avtokonsernining ma'lum qilishicha, 2030 yilga kelib taxminan 300 modeldagi avtomobillarining barcha qatori xaridorlarga elektromotor bilan ham taklif etiladi.
Volkswagen Group rahbari Mattias Myullerning xabar berishicha, bu maqsadga erishish uchun konsern elektromobillar ishlab chiqarish uchun sarmoyalarni ikki barobarga oshiradi – 20 milliard yevroga.
Hozirgi modellarni elektrodvigatellar bilan jihozlashdan tashqari, Volkswagen 2025 yilga kelib 80 ta yangi elektromobilni taqdim etishni rejalashtirgan.
Volkswagen o‘z avtomobillari uchun batareyalarni boshqa yetkazib beruvchilardan sotib olish uchun yaqin bir necha yil ichida taxminan 50 milliard yevro sarflashni mo‘ljallamoqda.
«Odamlar toza mashinalarni xohlamoqda. Odamlar toza havoni istashmoqda, hamda biz bunga hissa qo‘shishga tayyormiz», - deya ma'lum qildi Mattias Myuller Frankfurt avtosalonida.
Avvalroq Mercedes-Benz 2022 yilga kelib o‘z qatoridagi avtomobillarning barcha modellarini elektr yoki gibridli dvigatellar bilan jihozlash rejalari bor ekani haqida ma'lum qilgandi. Volvo 2019 yildan faqatgina elektromobillar va gibridli dvigatellardagi avtomobillar ishlab chiqarishga o‘tishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 16.01.2025
Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda
23:27 / 27.12.2024
Internetda Volkswagenʼning 800 mingga yaqin elektromobili haydovchilariga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
21:18 / 17.12.2024