Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kiberhujum holatlariga doir Milliy ma'lumotlar xazinasini yaratadi
XXR sanoat va axborotlashtirish vazirligi internetdagi kiberhujum holatlariga doir Milliy ma'lumotlar xazinasini yaratish rejasini tayyorladi. Idoraning chorshanba kuni e'lon qilingan bayonotiga ko‘ra, telekommunikatsion va internet-kompaniyalar, shuningdek internet-xizmatlar vakillari xazinaga shu yo‘nalishdagi xabarlarni yo‘llashlari shart.
"Kompaniyalar, telekommunikatsion operatorlar va hukumat idoralari bunday holatlar bo‘yicha axborot taqdim etishlari lozim, viruslar, uskunalardagi kamchiliklar va shubhali IP-manzillar ham shular jumlasidandir", - deyiladi hujjatda.
Yangi hujjat 2018 yilning 1 yanvarida kuchga kirishi kutilmoqda. "Qoidalarni buzadigan kompaniya va idoralar jarima va ma'muriy jazoga tortiladi", - deyiladi bayonotda.
Xitoylik ekspertlar so‘nggi vaqtlarda xitoy internet segmentiga kiberhujumlarning ko‘payganini ta'kidlashmoqda. Xitoy milliy internet-xavfsizlik markazi (CNCERT) baholariga ko‘ra, 2016 yilda xitoy internet segmentidagi mobil qurilmalarga hujum qilishga doir aniqlangan yangi ziyon yetkazuvchi dasturlar soni taxminan 2 millionni tashkil qildi.
Xitoy antivirus dasturiy ta'minoti yetakchilaridan biri hisoblangan Qihoo 360 kompaniyasi 2016 yilda xitoy internet segmentida 62,73 milliard xakerlik hujumini aniqlagan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025