Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yaqinlashib kelayotgan to‘fon sababli xavfning zarg‘aldoq darajasi e'lon qilindi
Xitoy sharqidagi Chjetszyan va Futszyan viloyatlarida "Talim" to‘foni yaqinlashayotgani sababli zarg‘aldoq tusli xavf e'lon qilindi. Bu haqda XXR Milliy meteorologiya boshqarmasi saytiga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Mahalliy vaqt bilan tonggi 5:00 da joriy yildagi 18-to‘fon Chjetszyan viloyati Syanshan shahridan 760 km janubi-sharqda qayd etildi. Xitoy meteorologlarining taxminlariga ko‘ra, to‘fon shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda soatiga 20 km tezlikda harakatlanadi. Uning tezligi asta-sekinlik bilan kuchaya boradi.
Mutaxassislarning fikricha, to‘fon Chjetszyan sohillariga payshanba yoki juma kuni yopiriladi. Ayrim sinoptiklar "Talim" harakatlanish chog‘ida kuch to‘plashi va "superto‘fon" darajasiga yetishi mumkinligini aytmoqda.
To‘fonning yaqinlashuvi Chjetszyan, Futszyan va Tayvan orolidagi ob-havo sharoitiga ta'sir qiladi. U yerda momaqaldiroq va kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025