Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San-Frantsiskodagi Rossiya konsulligi «qora tutun» uchun jarimaga tortiladi
San-Frantsiskoda havo sifatini nazorat qilish bo‘yicha xizmat Rossiya konsulligiga chiqindini yoqish bo‘yicha norma buzilgani haqida bildirishnoma yuboradi. Bino ozod etilishidan bir kun avval uning ustidan «qora tutun» ko‘tarilgandi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.
«Biz chiqindini yoqish normalari buzilgani haqida bildirishnoma yuboramiz. Konsullik xodimlari biz bilan qonunbuzarlik holatini tartibga solish uchun bog‘lanishlari lozim», - deya ma'lum qildi xizmat vakili Ralf Bormann.
Shuningdek, Bormanning ma'lum qilishicha, konsullikka norma buzilishi uchun jarima yoziladi, biroq uning summasi hali aniqlanmadi, sababi tartibga solish jarayoni «bir haftadan bir necha oyga qadar cho‘zilishi mumkin».
Xabar qilinishicha, hodisa 1 sentabr kuni, konsullik xodimlari AQSh ma'muriyati buyrug‘iga ko‘ra binoni tark etishlaridan bir kun avval yuz bergan. Hodisa joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib kelishdi, biroq ular binoga qo‘yilmadi, ro‘y bergan voqea esa «yolg‘on trevoga» sifatida qayd qilindi.
Avvalroq Amerika kuch tuzilmalari xodimlarining RF bosh konsulligidagi harakati tasvirlangan video e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025