Jahon | 08:04 / 14.09.2017
5701
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh senati Iroq va Afg‘onistonda jangovar harakatlar olib borishga ruxsatni qaytarib olmadi

Foto: AP

13 sentabrda AQSh senati Iroq va Afg‘onistonda jangovar harakatlar olib borishga ruxsatni bekor qilishdan bosh tortdi. Bu ruxsatlar mos ravishda 2001 va 2002 yildan beri amal qilib keladi.

Operatsiyalarni to‘xtatish taklifi Kentukki shtatidan respublikachi-senator Rend Pol tomondan kiritilgandi. U bundan avvalroq “noqonuniy, e'lon qilinmagan va nokonstitutsiyaviy urush”ga qarshiligini aytgandi.

Polning taklifini 100 senatordan faqatgina 30 foizi qo‘llab-quvvatladi, qolgan qismi esa qarshilik bildirdi.

AQSh Afg‘onistonda “Tolibon” harakati va “Al-Qoida” terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi harbiy operatsiyani 11 sentabrdagi teraktlardan keyin 2001 yilda boshlagan. Iroqdagi operatsiya esa 2003 yilda boshlangan va Saddam Husayn tuzumi ag‘darilgandan keyin tugatilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid