Fan-texnika | 18:12 / 14.09.2017
11653
2 daqiqa o‘qiladi

Apple iPhone X taqdimotidagi o‘ng‘aysiz vaziyatga izoh berdi

Foto: Reuters

Apple kompaniyasi nima uchun iPhone X taqdimoti paytida smartfonni bir urinishda yuz skaneri yordamida blokdan yecha olinmaganiga izoh berdi. Yahoo Finance shu haqida xabar berdi. 

Korporatsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Face ID taqdimot marosimida to‘g‘ri ishlagan. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish bo‘yicha Apple vitse-prezidentining smartfonni tezda blokdan yecha olmaganiga xavfsizlik tizimi xususiyatlari sabab bo‘lgan. Foydalanuvchining yuzini tanishga doir ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin smartfon PIN-kod so‘raydi. Touch ID barmoq izlari skaneri faoliyatida ham shunday cheklovlar bor, biroq parolni besh marta nomuvofiqlikdan keyin kiritish kerak bo‘ladi. 

"Taqdimot sahnasiga tayyorgarlik vaqtida Phone X qurilmasi Face ID yordamida ishchilarning yuzini aniqlashga harakat qilgan. Bir necha muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin tizim qilishi kerak bo‘lgan ishni qilgan - PIN-kod kiritishni so‘ragan", - deya so‘zlaydi jurnalist Devid Pog Apple xodimlari bilan muloqotdan so‘ng. 

Yangi smartfon namoyishi davomida Federigi smartfonni yuz skaneri yordamida blokdan yechishga harakat qilgan. Biroq u birinchi urinishdayoq qurilmaga kirishni amalga oshira olmagan va natijada shoshilinchda telefonni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaralarga va Face ID'ning noto‘g‘ri baholanishiga sabab bo‘ldi.  

Apple 12 sentabr kuni yangi Face ID himoya tizimini namoyish qildi. U infraqizil skanerlash usuliga asoslangan. Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Face ID qorong‘uda va hatto smartfon egasi boshiga qalpoq kiyib olgan taqdirda ham uni taniy oladi. 

Mavzuga oid