Jamiyat | 16:53 / 14.09.2017
5821
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda fuqaro yarim kilogramm ko‘knori bilan ushlandi 

Ohangaron tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tezkor tadbiri davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1979 yilda tug‘ilgan R.G.ning uyi gumonlanib tekshirilganda, yotoqxonasidan 575,9 gramm «ko‘knori» giyohvand moddasi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid