Jamiyat | 08:48 / 15.09.2017
14230
2 daqiqa o‘qiladi

Shnobel mukofoti o‘z egalariga topshirildi

AQShda Shnobel mukofoti – tushunarsiz ilmiy izlanishlar uchun xalqaro sovrin laureatlari e'lon qilindi. 27-taqdimot marosimi yana Harvard universitetida bo‘lib o‘tdi. Fizika bo‘yicha mukofotga mushuklar – bu suyuqlik modda ekanini isbotlab bergan Mark-Antuan Fardin loyiq topildi.

«Modda suyuq holatda ma'lum bir hajmga va o‘zi joylashgan shaklga ega bo‘ladi», - deya tushuntirishga uringan olim o‘zining «Mushuklar reologiyasi to‘g‘risida»gi tadqiqotida. Tinchlik mukofoti didjyeridu (avstraliyalik aborigenlarning musiqa asbobi) chalish uyqudagi obstruktiv apnoe sindromi – uyqu paytida nafasning to‘xtab qolishi, shuningdek, xurrak otish bilan kurashishda yordam berishini aniqlagan jamoaga topshirildi.

Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot esa tirik timsoh bilan aloqada bo‘lish insonning pul tikib o‘ynaluvchi o‘yinlarga bo‘lgan qaramligiga ta'sir o‘tkazishini o‘rganib chiqqan tadqiqotchilarga berildi. 

Mavzuga oid