Tojikiston parlamentida hijob uchun jarimaga tortish qonunga zid ekani ta'kidlandi
Avgust oyi oxirida Tojikistonning "Urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida"gi qonuniga kiritilgan tuzatish normalariga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar milliy madaniyat asoslarini hurmat qilishlari va ularni zamonaviy salbiy ta'sirlardan himoya qilishlari shart, shu jumladan davlat tili va milliy kiyimlarga ham. News.tj shunga oid xabar bilan bo‘lishdi.
"Ushbu norma fuqarolarni shu talablarga rioya qilishga mahkum etadi, biroq ularga rioya qilmaganlar uchun mamlakat qonunchiligi tomonidan jarimalar ko‘zda tutilgan", - deydi nashrning Tojikiston parlamenti quyi palatasidagi manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat hukumatining hijob kiygan yoki yirtiq jinsilardagi ayollarga tahdid qiluvchi ba'zi vakillarining xatti-harakatlari noqonuniydir.
U davlat hukumati vakillarining o‘zlari "majburiyat" va "mas'uliyat" so‘zlari o‘rtasidagi farqni bilishlari kerakligini qayd etdi. Ta'kidlanishicha, "majburiyat" so‘zi jarimalarni ko‘zda tutmaydi.
"Agar to‘ylar, dafn marosimlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir qonun buzilsa, u holda jarimaga tortiladi. Biroq qonunda qandaydir kiyim kiyganlik uchun jarimaga tortish degan joyi yo‘q, shunday ekan, hech kim hijob uchun jarimaga tortishga haqli emas", - qo‘shimcha qiladi manba.
Manbaga ko‘ra, hozirda "Sharqi ozod" bosmaxonasida Tojikiston hukumati topshirig‘i bilan "Urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida"gi qonuni alohida risola ko‘rinishida chop etilmoqda. Risola adadi - yarim million. Mazkur risolalar butun respublika bo‘ylab bepul taqsimlanadi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.11.2024
Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
16:34 / 17.11.2024