Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tuksiz ip ishlab chiqaradigan eng ilg‘or texnologiya joriy qilinmoqda
14 sentabr kuni Toshkentning Radisson Blu mehmonxonasida Rieter kompaniyasi bilan hamkorlikda "Modalar toladan boshlanadi" nomli simpozium tashkil etildi. Simpoziumda xorijlik mehmonlar, yengil sanoat sohasining vakillari, tekstil korxonalari va talabalar ishtirok etishdi.
Rieter dunyodagi eng yetakchi tekstil asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, 1975 yilda tashkil topgan. Kompaniya eng yuqori standartlarga to‘laqonli javob beradi, ishlab chiqarish quvvati esa ISO-9001 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirilgan.

Rieter'ning O‘zbekistondagi faoliyati o‘zgacha ahamiyatga ega. So‘nggi 5 yil ichida tola ishlab chiqaruvchi 30 korxona Rieter mahsulotini sotib oldi. 20dan ortiq loyihalar esa kompaniya uskunalarini sotib olish maqsadida davlat dasturiga kiritilgan.

Simpozium davomida tola ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan yutuq va texnologik amaliyotlar namoyish etildi. Shuningdek, 2011 yilda tashkil qilingan "Rieter Uzbekistan" korxonasining faoliyati haqida ham ma'lumotlar berildi. Korxonada lentali, kardli va ip yigiruvchi uskunalar ishlab chiqariladi. Trening markazida esa mijozlarga kerakli maslahatlar, ko‘nikmalar berib boriladi.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi Rieter korxonasi 1 milliard dollar qiymatidagi ip mahsulotlarini Turkiya, Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilmoqda.

Alisher Qahhorov, Art-Textile kompaniyasi direktori:
"Bugungi tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Shveytsariyaning Rieter kompaniyasi hamda O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazib, sohada yuz berayotgan eng so‘nggi yangiliklardan boxabar qilish, yangi, zamonaviy texnik uskunalar bilan tanishtirishdan iborat. Respublikamizning 12 viloyatidan 125dan ortiq ishlab chiqaruvlar mazkur tadbirda ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonning 600-700 ming tonna paxta tolasi Shveytsariyaning Rieter uskunalarida ishlab chiqariladi. Shu sababli, mazkur kompaniya bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi".
Ma'lum bo‘lishicha, yaqin kunlarda zamonaviy tuksiz ip (kompakt tekstil) ishlab chiqaradigan yangi texnologiyani O‘zbekistonda joriy qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi
18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi
14:52 / 29.11.2024
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
08:20 / 03.06.2021