Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining poytaxti Milanda tanlanadi
Italiyaning Milan shahri 2019 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sessiyasini qabul qiladi.
Inside the Games’ning xabar berishicha, bunday qaror Peru poytaxti Limadagi XOQ sessiyasi davomida qabul qilindi.
Aynan o‘sha sessiyada 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari poytaxti tanlanadi. Ta'kidlanishicha, Milan bu sessiyani o‘zida qabul qilish uchun yagona nomzoddir.
Italiya shahri rahbari tegishli moliyaviy kafolatlar, shuningdek, xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha rejalarni taqdim etdi.
2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish huquqi uchun esa Son (Shveytsariya), Lillexammer (Norvegiya), Kalgari (Kanada) va Insbruk (Avstriya) shaharlari da'vogarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
15:28 / 20.03.2025
Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
14:26 / 13.02.2025
Prezident olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi
12:29 / 13.02.2025