Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya parlamenti binosida Hitlerning byustlari topildi
Avstriya parlamentining tarixiy binosidagi ta'mirlash ishlari davomida Adolf Hitler byustlari va u tasvirlangan suratlar topildi. Bu haqda derStandard xabar qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, yerto‘ladan Hitlerning ikkita byusti, u tasvirlangan to‘rtta surat hamda bir barelef (tekis yuzaga ishlangan bo‘rtma naqsh) topilgan. Avstriya Milliy kengashi spikeri Doris Buresonning qayd etishicha, topilma parlamentda natsistlar tarixiga tegishli buyumlar yo‘q qilinishi lozimligini ko‘rsatadi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, parlamentning tarixiy binosida, Avstriya 1938 yilda qo‘shilganidan so‘ng «Birlashish masalalari bo‘yicha reyxskomissariat» joylashgan. Keyinchalik bino Milliy sotsialistik nemis ishchilari partiyasiga berilgan.
Joriy yilning fevral oyida Avstriyada Hitlerga o‘xshash bo‘lgan yigit hibsga olingani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025