Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ prezidenti MXL klublari egalariga bayonot bilan chiqdi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Amerika Milliy xokkey ligasi (MXL) klublari egalarini o‘yinchilarni 2018 yilda Janubiy Koreyaning Pxyonchxanida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga qo‘yib yuborishga chaqirdi.
«MXL pozitsiyasini tushunish mushkul. Barcha shunday xulosaga kelishi mumkinki, ular Pekinda 2022 yilda o‘tkaziladigan Olimpiadada ishtirok etishni muhokama qilmoqda. Men MXLdagi ba'zi klublarning rahbarlari o‘z o‘yinchilariga 2018 yilgi Olimpiadada qatnashishga imkon berishlarini xohlayman», - deya Baxning so‘zlarini keltiradi Inside The Games.
4 aprel kuni MXL liga o‘yinchilarining 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishiga taqiq qo‘yilgani haqida rasman ma'lum qildi.
8 sentabr kuni esa IIHF MXL xokkeychilariga Olimpiada-2018’da tegishli ruxsatnoma olmasdan qatnashishga imkon bermasligi ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
08:42 / 22.03.2025
XOQ rahbari harbiy mojarolar tufayli o‘yinlardan chetlatishga qarshi chiqdi
23:37 / 20.03.2025