Jamiyat | 19:11 / 16.09.2017
30220
2 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilonda 2 tonnalik palov tayyorlandi

Avval xabar qilinganidek, Marg‘ilonda «Atlas bayrami» milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda.  Festivalning beshinchi kuni Marg‘ilon shahridagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida o‘tkazildi. Sayyohlarni jalb etgan yana bir voqea - 23 yoshli oshpaz o‘z tengdoshlari yordamida 2 tonnalik palov tayyorladi.

Osh damlanishi uchun 500 kilogramm guruch, 245 kg mol go‘shti, 75 kg qo‘y go‘shti, 50 kg dumba yog‘i, 81 litr paxta yog‘i, 55 litr o‘simlik yog‘i, 650 kg sabzi, 100 kg piyoz, 35 kg no‘xat, 2 kg zira, 50 kg mayiz, 15 kg tuz, 1 kg qora murch hamda 500 litr suv kerak bo‘ldi.

Mazkur osh tayyorlanishida 23 yoshli Muhammadali Hayitboyevga 20 dan ziyod marg‘ilonlik yoshlar ko‘makchi bo‘ldilar. Vodiylik mohir oshpazlar shogirdlarga maslahatlar berib turishdi.

Palovni tayyorlash uchun Marg‘ilon shahri hokimligi tomonidan katta o‘choq tayyorlandi, shuningdek, oshpaz o‘zining shaxsiy rekordi uchun maxsus qozon ham tayyorlatdi. Festivalga 60dan ziyod xorijiy hamkorlar tashrif buyurdi.

 

Ahror Ziyo 

Mavzuga oid