Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshga rohingya qochqinlari tufayli gumanitar inqiroz xavf solmoqda
Bangladesh qo‘shni Myanmadan 400 mingdan ko‘proq rohingya musulmonlari kelgani sababli gumanitar inqiroz yoqasida turibdi. Bu haqda YUNISEF ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, minglab yangi qochqinlar chegarani kesib o‘tmoqdalar, chunki ularga Myanmada o‘lim xavf solmoqda. Xalqaro migratsiya tashkiloti rohingya atrofidagi vaziyatni “tez rivojlanayotan qochqinlar inqirozi” deb baholagan.
O‘z navbatida Bangladesh hukumati rohingyalarning erkin harakatlanishini ancha cheklab qo‘ydi. Endi ular yurtlariga qaytmaguncha maxsus tashkil etilgan lagerlarda qolishlari kerak.
Rohingya musulmonlariga yaqinlari va do‘stlarinikida qolish, mahalliy aholiga esa ularga boshpana berish taqiqlab qo‘yildi. Ularga shuningdek avtobus va yuk mashinalarda yurish man qilindi.
Ma'lum qilinishicha, Myanmaning Arakan shtatida bir milliondan ko‘proq rohingya musulmonlari yashaydi. Ular aholining aksariyat qismi buddaviylikka sig‘inuvchi Myanmada o‘nlab yillar davomida tahqirlashlarga uchrab kelganlar. Rohingyalardan ko‘pchiligi pasportlarga ega emaslar va mamlakat fuqarolari hisoblanmaydilar.
Avgust oxiridan Arakanda buddaviylar va musulmonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar to‘xtamay kelmoqda. Buning oqibatida 400 ga yaqin odam, asosan musulmonlar halok bo‘lganlar.
Mavzuga oid
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi
21:19 / 02.11.2024
Bangladeshning sifati kafolatlanmagan ba’zi dorilari Osiyo bozorlarini egallamoqda – OAV
19:20 / 17.10.2024