Fan-texnika | 17:35 / 18.09.2017
7883
2 daqiqa o‘qiladi

Hyperloop One uchun eng maqbul mintaqalar tanlab olindi

Foto: Hyperloop

Global Challenge tanlovi har qanday shahar va mamlakatga yangi transport liniyasini barpo etish uchun arizasini taqdim etish imkonini berdi. Hyperloop One jamoasi barcha murojaatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqib, kelajakdagi istiqbolli mintaqalarni tanladi. 

Hozircha, 10 ta mintaqa tanlab olindi. Aynan o‘sha joylarda kompaniya qurilish ishlarini boshlash foydaliroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Kompaniya yoz oylarida Yevropa va AQShning qurilish uchun munosib joylarini tanlagan edi. Endilikda barcha ehtimoliy nomzodlarning yakuniy ro‘yxati tuzib chiqildi. 

Shunday qilib, Shimoliy Amerika, Buyuk Britaniya va Hindiston ushbu ro‘yxatga kiritilgan. 10 yo‘nalishdan 4 tasi AQShda joylashgan. 2030 kmlik eng uzun qatnov Dallas, Hyuston va Laredo shaharlarini o‘zaro bog‘laydi va 18 mln kishi istiqomat qiladigan hududni qamrab oladi. 

Ishlab chiquvchilarni Hindistondagi 2 ta yo‘nalish qiziqtirgan. Bular Mumbay-Chennai va Bangalor-Chennaidir. Ushbu yo‘nalish barpo qilinsa, 30 mln aholiga xizmat ko‘rsatish imkoni paydo bo‘ladi. Yana ikkita yo‘nalish Birlashgan Qirollikda paydo bo‘lsa, Kanada va Meksikada bittadan Hyperloop One yer osti tonnellari quriladi. 

Mavzuga oid