O‘zbekiston | 14:13 / 18.09.2017
57725
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi

Foto: President.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 sentabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.

Avval xabar qilganimizdek, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi. Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston – Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari bo‘yicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid