Braziliya bosh prokurori ilk bor ayol kishi bo‘ldi
Rakel Doj Braziliya bosh prokurori lavozimini egallagan ilk ayol bo‘ldi. U Braziliya hokimiyatining turli darajalarida “uyg‘unlikni”ta'minlash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirish va Petrobras neft kompaniyasi atrofidagi korruptsion mojaro tergovini davom ettirishga va'da berdi.
Yangi bosh prokurorni tayinlash qarorini mamlakat prezidenti Mishel Temer iyun oyidayoq qabul qilgandi. Prezident bosh prokurorni professional huquqshunoslar hamjamiyati taklif qilgan nomzodlar orasidan tanlab olgan.
Braziliyaning amaldagi bosh prokurori Rodrigu Jano o‘z vakolati yakunlanishiga uch kun qolganda mamlakat oliy sudiga PMDB partiyasining (Braziliya demokratik harakati partiyasi) muhim siyosatchilari nomiga bildirilgan ayblovlarni yo‘llagan edi. Unga ko‘ra, jinoiy tashkilot yaratish va odil sudlovga qarshilik ko‘rsatishda gumon qilinayotganlar ro‘yxatiga mamlakat prezidenti Mishel Temer boshchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
19:47 / 22.11.2024
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
17:48 / 22.11.2024
Tramp Pem Bondini bosh prokuror lavozimiga yangi nomzod sifatida ko‘rsatdi
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024