Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp xalqaro hamjamiyatni Eronni to‘xtatishga chaqirdi
AQSh prezidenti yana bir bor Eron bilan yadro shartnomasini qoraladi. U BMT Bosh assambleyasidagi chiqishi davomida shunday bayonot bilan chiqdi.
"Eron bilan yadro shartnomasi - AQShga ziyon yetkazadi", - dedi u va Eron "buzg‘unchi va dunyo tinchligiga rahna soluvchi xatti-harakatlari"ni davom ettirayotgani, xalqaro hamjamiyat uni to‘xtatishi kerakligini ta'kidladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati o‘z diktaturasini soxta demokratiya bilan niqoblamoqda. Shu tariqa, hukumat o‘zining "gullab-yashnayotgan boy tarix va madaniyatga ega mamlakati"ni "yakkamoxov"ga aylantirgan.
Bundan avval Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida Tramp Eron bilan yadro shartnomasidan voz kechsa, bu Qo‘shma Shtatlarga "qimmat"ga tushishi mumkinligini aytib o‘tgan.
Eron prezidenti "amerikaliklar o‘zlariga foyda keltirmaydigan narsa uchun bunday "baland narx" to‘lashni istamasligi"ga umid qilgan. Uning aytishicha, agar AQSh prezidentining ma'muriyati yadro shartnomasidan chiqsa, bu xalqaro hamjamiyatning Vashingtonga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025