Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NNT davlat organlaridan ijtimoiy buyurtmalarni bevosita oladi
14.09.2017 yildagi O‘RQ-446-son Qonun bilan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi hamda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunlarga qo‘shimchalar kiritildi.
Norma.uz’ning yozishicha, davlat boshqaruvi organlari endi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun NNTga byudjyetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi mumkin.
Buning uchun tanlov o‘tkaziladi. OAVda (jumladan, elektron OAVda) davlat buyurtmachilarining ro‘yxati va faoliyatning mablag‘lar ajratish rejalashtirilayotgan yo‘nalishlari oldindan e'lon qilinishi kerak.
Tegishincha davlat boshqaruvi organlari huzurida loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash uchun jamoatchilik kengashlari tuziladi. Uning a'zolarining yarmi – NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat.
Tanlov g‘olibi loyihalarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish va baholash natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va g‘olib o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Vazirlar Mahkamasi qo‘shimcha ravishda quyidagi tartibni belgilaydi:
• sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNTga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish;
• jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish;
• tanlovni o‘tkazish shartlari va tartibi.
Mavzuga oid
13:58 / 21.05.2025
NNTga ekologik loyihalar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi beriladi
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025